02/06/2017
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining korxona, tashkilot va muassasalarda tutgan o‘rni va mavqeini yanada oshirish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun zarur me’yoriy-huquqiy asoslarni yaratish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

2011-yildan boshlab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan har ikki yilda bir marta tizimdagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Olmazor tumanidagi tarmoq tashkilot va muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari mazkur ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etib kelmoqda.

Ko‘rik-tanlov Nizomiga muvofiq, a’zolar soni 100 nafargacha va 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida ko‘rik-tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 30-may kuni Olmazor tumani 243-sonli maktabda yuqori saviyada o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 81 ta boshlang‘ich tashkilotlar ishtirok etdi. Komissiyasi tarkibi tomonidan ishitirok etuvchilardan eng na’munali tashkilotlar aniqlandi.

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida, a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rin 243-maktab, (KUQ raisi – Raximova Shaxnoza Gabduraximovna), 2-o‘rin Toshkent Bank kasb-hunar kolleji (KUQ raisi – Turgayenova Kamila Islamovna) va 3-o‘rin Toshkent davlat Sharqshunoslik instiuti qoshidagi Olmazor akademik litseyi boshlang‘ich tashkiloti (KUQ raisi – Mirraximova Dinora Akmaljanovna)ga nasib etdi.

A’zolar soni 100 nafargacha bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida 1-o‘rin 522-sonli Maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi (KUQ raisi – Umarova Qanoat Yax’yayevna), 2-o‘rin 1-maktab (KUQ raisi – Xaydarova Ma’mura Ikromaliyevna) va 3-o‘rin 28-maktabgacha ta’lim muassasasi boshalng‘ich tashkiloti (KUQ raisi Axmedova Umida Xudoyberdievna)ga nasib etdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilotlar tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi hamda ko‘rik-tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar