04/12/2017
“Mehrdan yaralgan asli bu dunyo” deb nomlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi

2

Joriy yilning 2-dekabr kuni 3- dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Angren shahar Xalq ta’limi bo‘limi va Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Angren shahar Kengashi tomonidan “Mirzakarim ota” majmuasida “Mehrdan yaralgan asli bu dunyo” deb nomlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tashkillashtirilgan tadbirga uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar hamda 34-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Shahar Xalq ta’limi bo‘limi mudiri Sherzod Mirzakarimov kirish so‘zi bilan ochib bergan tadbirda ajoyib kuy va qo‘shiqlar yangradi. To‘kin dasturxon atrofida joy olgan bolajonlar she’r va qo‘shiqlar aytib raqsga tushdilar. Ayniqsa, 14-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Sardorbek Jamoliddinovning “Jannatim onam” qo‘shig‘i barchada katta taassurot qoldirdi.

Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan shu yil sentabr-oktabr oylarida “Mohir qo‘llar”, “Mening sevimli mashg‘ulotim”, “Eng yaxshi iste’dod egasi”, “Eng mohir shaxmatchi”, “ Eng chiroyli husnixat egasi”, “Mo‘yqalam qirolichasi” kabi qator nominatsiyalar bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilgan edi. Tadbirda ana shu tanlovlar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Bayram ishtirokchilariga orzu-istaklariga mos sovg‘alar topshiriladi.

Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va aholi dam olish maskani badiiy havaskorlik jamoalari namoyish qilgan bayram dasturi davraga fayz bag‘ishladi.

3


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar