14/09/2018
Mohir kasb egalari – taraqqiyot poydevori.

photo_2018-09-14_14-01-16

   “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi xizmatidagi boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida joriy yilning avgust oyida “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

    “O‘z kasbining mohir egalari”ni aniqlash jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning muayyan bir sohada ko‘p yillar mehnat qilgan tajribali mutaxassislar bo‘lganligi, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelganligi, ta’lim sohasini rivojlantirish maqsadida olib borayotgan izlanuvchanligi, erishgan yutuqlari, tashabbuslari, yaratgan yangiliklari, yoshlarga o‘z kasbining sir-asrorlarini o‘rgatib, shogirdlar tayyorlaganligi, mehnat jamoasi orasidagi obro‘-e’tibori, jamoatchilik ishida faol ishtirok etayotganligi, mamlakatimizda turli sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashiga e’tibor qaratildi.

photo_2018-09-14_14-01-41

     Boshlang‘ich tashkilotlarda “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning xulosalariga asosan e’tirof etilgan g‘oliblarning faoliyatiga oid tuman kengashiga taqdim etilgan hujjatlar  asosida joriy yilning

    12-sentyabr kuni “O‘z kasbining mohir egalari”ni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirning tuman bosqichini o‘tkazish bo‘yicha komissiya xulosasiga ko‘ra tumandagi 1-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Berdieva Dilnoza “Eng mohir o‘qituvchi” hamda 1-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi Turopova Dilso‘z “Eng mohir tarbiyachi”  nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb e’tirof etildi.

     “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovi g‘oliblari va faol ishtirokchilari tuman kengashi tomonidan esdalik sovg‘alar va diplom bilan taqdirlandi. “Eng mohir o‘qituvchi” va “Eng mohir tarbiyachi” deb e’tirof etilgan g‘oliblarning faoliyatiga oid tegishli hujjatlar tanlovning viloyat bosqichiga taqdim etildi.

 

                                                                              Baxriddin Egamberdiev                                                                                                               O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari                                                                                             kasaba uyushmasi Kitob tuman kengashi raisi. 


Ijtimoiy himoya, Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar