28/04/2014
Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan tanlov haqida

logo (1)Qashqadaryo viloyatining Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Qamashi tuman kengashi hamda Qamashi tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda 2014 yil 22 aprel kuni “Eng faol yosh O‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha pedagog-xodimlar o‘rtasida Qamashi pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida va “Eng faol yosh Tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida 7-sonli “Guldasta” MTMda tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlovga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri A.Rasulov ishtirok etdi.

“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovi Namunaviy nizomga asoslanib o‘tkazildi. Mazkur Nizomga muvofiq Qamashi tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi hamda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma Qamashi tuman kengashi bilan birga tegishli yo‘nalish-nominatsiyalar bo‘yicha baholash mezoni ishlab chiqildi va ushbu mezonlar asosida nominatsiyalar bo‘yicha tanlov tashkil etildi.

“Eng faol yosh O‘qituvchi” nominatsiyasi bo‘yicha 11 nafar pedagog-xodimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovining 1-o‘rin g‘olibi 63-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Ashurova Lola, 2-o‘rin g‘olibi Qamashi tuman maishiy xizmat kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi Rajabov Ravshan va 3-o‘rin g‘olibligini 36-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Orolov Ulug‘bek egalladi.

“Eng faol yosh Tarbiyachi” nominatsiyasi bo‘yicha 12 nafar tarbiyachi xodimlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda 1-o‘ringa 5-sonli “Lola” MTM tarbiyachisi Moyliyeva Malika, 2-o‘ringa 4-sonli “Chaman” MTM tarbiyachisi G‘oyipova Gullola hamda 3-o‘ringa 7-sonli “Guldasta” MTM tarbiyachisi Rahmatova Dilafruzalar loyiq deb topildilar.

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar