29/05/2014
Ustozlarga olqishlar yarashadi.

Новый рисунок (6)Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi G‘ijduvon tuman kengashi tomonidan “O‘z kasbining mohir egalari ” tanlovi o‘quv yili tugab, yil yakunlari sarhisob etilayotgan paytda e'lon qilinganligi ayni muddao bo‘ldi.

Tumandagi barcha muassasalarida tanlovning 1-bosqichi yakunlandi. Tanlangan 78 nafar nomzodlar keyingi tuman bosqichiga tavsiya etildi. Tanlov komissiyasi a'zolari tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlari o‘rganilib, G‘ijduvon tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati direktori, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, II darajali “Sog‘lom avlod” ordeni sohibi Said Rahmonov, 65-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati o‘qituvchisi Yorqin Turobov, 5-o‘rta umumta'lim maktabi o‘qituvchisi Tursunoy Ravshanova g‘olib deb e'tirof etildi. Joriy yilning 22 may kuni 1-umumta'lim maktabida “O‘z kasbining mohir egalari” tanlovining 1-2 bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

G‘ijduvon tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri I.Norov tizimda keyingi ikki yilda amalga oshirilgan ishlar, o‘quv yilda erishilgan muvaffaqiyatlar haqida so‘zlab, bunda o‘z kasbining mohir egalari – ustoz murabbiylarning mehnati katta ekanligini alohida ta'kidladi. Tarmoq kasaba uyushmasi tuman kengashi raisi Yu.Homidov tanlov tuman bosqichi yakunlari haqida so‘z yuritdi. 

Tanlovning 1-2-bosqich g‘oliblariga Faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram konserti tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Новый рисунок (1) Новый рисунок (2) Новый рисунок (4) Новый рисунок (5)  

 

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar