16/06/2014
“Salomatlik” spartakiadasi

1111.jpegQashqadaryo viloyatida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Muborak tuman kengashi tomonidan tashkilotlar va muassasalarda mehnat qilayotgan pedagog-xodimlarni sog‘lomlashtirish va ularni muntazam ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini olib borishni targ‘ib etish maqsadida 2014 yilning 7 iyun kuni Muborak shahridagi “Mash'al” o‘yingohida sportning qo‘yidagi: shaxmat, shashka, tosh ko‘tarish, ARM sporti, arqon tortish va voleybol turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

“Spartakiada”da 35-ta jamoa vakillari ishtirok etishib, unda jami bo‘lib, 297-nafar erkak va ayol sportchi xodimlar ishtirok etishdi.

Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Musobaqa shartlariga ko‘ra sportning 6 (olti) turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Musobaqa yakunida har bir sport turi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 1,2,3-o‘rinni egallagan jamoalarga maxsus diplomlar va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

2222.jpeg 3333.jpeg

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar