24/06/2014
“Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi

DSC_7748O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124 sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, 2014-“Sog‘lom bola yili” munosabati bilan hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tuzilgan Tarmoq kelishuviga muvofiq, O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovning hududiy bosqichlari yuqori saviyada o‘tkazildi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Joriy yilning 23 iyun kuni “Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining Respublika bosqichi o‘tkazildi, unda 14 nafar tanlov ishtirokchilari bellashishdi.

Tanlovga Respublika miqyosidagi xalq ta'limi muassasalari rahbarlari, xodimlari, kasaba uyushmasi faollari, tizimda faoliyat yuritgan fahriylar, davlat mukofoti sovrindorlari taklif etildi.

22 iyun kuni ishtirokchilar 4ta tur bo‘yicha, 23 iyun kuni esa oxirgi 2ta tur bo‘yicha bellashdilar.

“Maktabgacha ta'lim sifatini oshirishda strategik rejalarim” mavzusidagi taqdimot shartida yosh tarbiyachilar ta'lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi, maktabgacha ta'lim bosqichi sifatini takomillashtirish samaradorligi omillari, bolalarning ma'naviy va jismoniy kamol topishi, ijtimoiy-emotsional rivojlanishi, gigiena, o‘qish va yozishni o‘rganishga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hamda kelgusidagi strategik rejalari, taklif-tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tanlovning keyingi shartida ishtirokchilar 15 daqiqa ichida bolajonlarimiz uchun ko‘rgazmali o‘yinchoq yasadilar. Buning uchun berilgan kanselyariya yoki boshqa kerakli buyumlar yetarli bo‘lmasligiga qaramay, shu vaziyatda ham mo‘'jiza yaratishga harakat qildilar.

Hakamlar hay'ati vakillarini ishtirokchilarni odilona baholadilar.

Shunindek, ishtirokchilarni xalqimiz sevgan taniqli xonandalar, sport ustalari, aktyor va aktrisalar tabriklashdi.

Tanlov yakunida Xakamlar xay'ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra:

“Eng zukko tarbiyachi” Mirzayeva Nafisa – Xorazm viloyati        

“Eng oqila tarbiyachi”   Xojayeva Dilnoza – Sirdaryo viloyati       

“Eng bolajon tarbiyachi”        Qayumova Xusnora – Qashqadaryo viloyati     

“Eng tirishqoq tarbiyachi”      Karimova Dilafruz – Toshkent viloyati    

“Eng iste'dodli tarbiyachi”      Gulyamova Nargiza-Toshkent shahri      

“Eng bilimdon tarbiyachi”      O‘lmasova Irodaxon – Farg‘ona viloyati  

“Eng ijodkor tarbiyachi”        Qurbonaliyeva Gulyora – Namangan viloyati    

“Eng mohir tarbiyachi”          Amirova Aziza – Jizzax viloyati      

“Eng ijtimoiy faol tarbiyachi” Satimova Sanoat – Andijon viloyati

“Eng ishbilarmon tarbiyachi” Ashurova Gulchehra – Buxoro viloyati    

“Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining 3-o‘rin sohibasi Aytimbetova Miyrigul – Qoraqalpog‘iston Respublikasi      

“Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining 2-o‘rin sohibasi Raxmonova Lobar – Surxondaryo viloyati   

“Yilning eng faol yosh tarbiyachisi” tanlovining 1-o‘rin sohibasi  Jo‘rayeva Feruza – Samarqand viloyati  

DSC_7665 DSC_7669 DSC_7674 DSC_7688 DSC_7701 DSC_7714 DSC_7709 DSC_7720 DSC_7722 DSC_7723 DSC_7724 DSC_7727 DSC_7728 DSC_7730 DSC_7732 DSC_7737 DSC_7739 DSC_7743 DSC_7751 DSC_7752 DSC_7753     

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar