18/07/2014
“Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalari

ATT00006Sirdaryo viloyatining ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqoltin tuman kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida 2014 yil 15 iyul kuni tashkiliy ko‘mita tomonidan  tuman markazidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingoxida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan oilaviy sport jamoalari  o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalarining II-tuman bosqichi  o‘tkazildi. Tuman bosqichida 24 ta oilaviy jamoalar ishtirok etdi.

Oilaviy sport musobaqalari natijasiga ko‘ra 8-12 yoshgacha o‘g‘il boladan iborat bo‘lgan oilaviy jamoalardan 17-maktabning rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi boshlang‘ich kasaba uyushma qumitasi raisi Xodjabekov Azamat oilasi birinchi o‘rinni, 8-12 yoshgacha qiz  boladan iborat bo‘lgan oilaviy jamoalardan 14-maktabning jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Samarov Qaxxor oilasi birinchi o‘rinni egallab III -viloyat bosqichida qatnashish xuquqini qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Oqoltin  tuman kengashining estalik sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandi.

ATT00013

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar