18/07/2014
Oilaviy sport musobaqalari

ATT00006Sirdaryo viloyatida 2014 – “Sog‘lom bola yili” munosabati bilan “Sog‘lom oila” shiori ostida mehnatkashlar va ularning oila a'zolari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila a'zolarining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida oilaviy sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Ta'lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shaxar kengashi  tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilotlarda ishlayotgan xodimlar o‘rtasida 2014 yil 17 iyul kuni tashkiliy ko‘mita tomonidan “Alpomish” sport majmuasida birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan oilaviy sport jamoalari o‘rtasida “Sog‘lom oila” shiori ostida sport musobaqalarining II-shaxar bosqichi o‘tkazildi.

Oilaviy sport musobaqalari natijasiga ko‘ra Guliston shahar 15-umumta'lim maktabidan Shayjigitovlar oilasi (ota-Shayjigitov Xamza, ona-Shayjigitova Malika, farzand-Rayimqulov Sunnatbek) 1-o‘rin, Guliston shahar 2-maktabgacha ta'lim muassasasidan Xudoynazarovlar oilasi (ota-Xudoynazarov Rustambek, ona-Xudoynazarova Matluba, farzand-Yo‘ldoshev Dostonbek) 2-o‘rin, Guliston shahar 1-maktabgacha ta'lim muassasasidan  Xaydarovlar oilasi (ota-Xaydarov Ulug‘bek, ona-Xaydarova O‘g‘iloy, farzand-Otamurodov Asilbek) 3-o‘rin g‘oliblari deb topildi va 3-viloyat bosiqida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

1, 2, 3-o‘rin egallagan “Eng chaqqon oila” nominatsiya sohiblariga Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar Kengashining 312000 so‘mlik estalik sovg‘alari topshirildi.

ATT00013

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar