17/07/2014
“Yilning eng faol yosh olimi” tanlovi yakunlari

DSC_5171Joriy yilning 16 iyul kuni mazkur tanlovning Respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan, innovatsion-texnik g‘oyalarni ilgari surib kelayotgan, 8 nafar yosh mutaxassislar bellashdilar.

Tanlov shartlari ham yoshlarning bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda yosh ilm-fan tadqiqotchilari faoliyatlarini yanada samaradorligini oshirishga qaratilgan uslub va tajribalarini sinovdan o‘tkazdi. Xususan, yosh tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy muassasalaridan malaka oshirganligi, yangi ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalari, ilmiy natijalar va fanga doir natijalarini yorituvchi original monografiyalar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va chet elda va respublikamizda nashr qilingan ilmiy-ommabop maqolalar, xalqaro va maxalliy konferensiyalardagi ishtiroki, xalqaro va maxalliy davlat ilmiy-texnik dasturlar va grantlardagi ishtiroki o‘z aksini topdi.

“O‘z huquqingizni bilasizmi?” mavzusida savol- javoblarga tayyorgarlik jarayonida ishtirokchilar mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat qonunchiligi buzilishining oldini olish hamda yosh pedagoglarga berilayotgan imtiyoz va huquqlarni to‘liq o‘zlashtirganliklarini ko‘rsatdilar. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar ilmiy faoliyatlarini ingliz tilida ham bayon qilish imkoniyatidan foydalandilar.

Hakamlar xay'ati tomonidan – “Eng faol yosh olim” tanlovining 1-, 2-, 3-o‘rin g‘oliblari quyidagicha aniqlandi:

 

“Eng faol yosh olim” tanlovining 1-o‘rin g‘olibi Abdulxayev Oybek Abdulazizovich – Toshkent shahar O‘zFA “Fizika-quyosh” instituti katta ilmiy xodimi

“Eng faol yosh olim” tanlovining 2-o‘rin g‘olibi Qaxxorov Otabek Siddiqovich – Buxoro davlat universiteti akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

“Eng faol yosh olim” tanlovining 3-o‘rin g‘olibi Qambarov Jamoliddin Xikmatillayevich- Farg‘ona politexnika instituti “Menejment” kafedrasi katta o‘qituvchisi

 

Shuningdek, “Eng ilmiy salohiyatli olim”, “Eng iqtidorli olim”, “Eng zakovatli olim” kabi 5ta nominatsiyalar bo‘yicha eng faol yosh mutaxassislar aniqlandi.

G‘oliblar O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining esdalik sovg‘alari va diplomlari bilan taqdirlandilar. Tanlov doirasida aniqlangan eng faol yosh mutaxassislar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan Vatanimiz Mustaqilligining 23 yilligi arafasida tashkil etiladigan “Yosh mutaxassislar” respublika forumida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, ular o‘z iqtidorlari va tajribalariga ko‘ra Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan yosh mutaxassislarning o‘z innovatsion g‘oyalarini yanada rivojlantirish va hayotga tatbiq etishlari maqsadida ajratilayotgan maxsus grantlarni qo‘lga kiritish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

Ommaviy axborot vositalarida, ya'ni “Davr” informatsion dasturi, “Poytaxt”, “Toshkent”, “Yoshlar” radiokanallarida, “Xalq so‘zi”, “Pravda vostoka”, “Ma'rifat”, “Ishonch” gazetalarida hamda Veb saytlar orqali keng yoritildi.

Tanlov eng faol yosh mutaxassislar yaratayotgan yangiliklarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash orqali ular g‘oya va ishlanmalarini hayotga tatbiq etish, buning natijasida Respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

ABA_8566 ABA_8569 ABA_8570 ABA_8574 DSCN4137 DSC_5171

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar