12/08/2014
“Sog‘lom bola-yurt kelajagi”

Без имени-1Ta'lim, fan va madaniyat xodilari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi tadbirlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 23 yilligi munosabati “Sog‘lom bola-yurt kelajagi” shiori ostida quvnok startlar musobaqasi o‘tkazildi.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Jizzax shahar kengashi tomonidan “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi chora-tadbirlari asosida xamda O‘zbekiston Respublikasi Mustakilligining 23 yilligi munosabati bilan xodimlar va ularning farzandlari o‘rtasida Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom bola-yurt kelajagi” shiori ostida kuvnok startlar musobaqasi o‘tkazildi. Sport musobaqasida shahar kengashi tarkibidagi maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari va ularning farzandlari ishtirok etdilar. Musobaqaning mintaqaviy bosqichi 1-4 avgust kunlari maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkazilib, unda 15ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 60 nafar xodim va ularning farzandlari ishtirok etdilar.  Musobaqaning shahar bosqichi 2014 yil 6 avgust kuni 10-sonli “Do‘stlik” nomli maktabgacha ta'lim muassasasi binosida o‘tkazildi. Unda 5ta hududdan g‘olib deb topilgan 1,7,8,10,32-maktabgacha ta'lim muassasalari jamoalari ishtirok etdilar.

Sport musobaqasi yakuni bo‘yicha 1-o‘rinni 10-sonli, 2-o‘rinni 8-sonli, 3-o‘rinni 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasalari jamoalari egalladilar. Musobaqa yakunida musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilari shahar kasaba uyushma kengashi tomonidan faxriy yorliklar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Без имени-2 Без имени-1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar