23/08/2014
“Istiqlol imkoniyatlari-ta’lim, fan va madaniyat tizimida erishilgan yutuqlar” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi

DSCN4415Mamlakatimiz Mustaqillik yillarida barcha sohalarda barqaror sur'atlar bilan rivojlanib, qo‘lga kiritilgan ulkan natijalar butun dunyo tomonidan tan olindi. Biz tanlagan taraqqiyot yo‘lining har tomonlama to‘g‘ri va hayotiy yo‘l ekanini hamda yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida erishilgan yutuqlarning ahamiyatini mehnatkashlar orasida keng targ‘ib etish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglash bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan faoliyatimizning asosiy ma'no-mazmunini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayramining 23 yilligini munosib kutib olish va o‘tkazishda tarmoq kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan ijtimoiy sheriklik asosida faol ishtirok etish, istiqlol sharofati bilan ta'lim, fan va madaniyat tizimida erishilgan yutuqlarni yana bir bor e'tirof etish maqsadida joriy yilning 22 avgust kuni soat 9.00 da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining O‘quv markazida “Istiqlol imkoniyatlari-ta'lim, fan va madaniyat tizimida erishilgan yutuqlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi ta'lim markazi direktor o‘rinbosari Pardayeva Mehriniso Daniyarovna, Madaniyat va sport ishlari vazirligining axborot xizmati rahbari Qarshibayeva Dilfuza O‘rinboyevna, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi direktorlar kengashi raisi Zokirov Baxtiyorlar tizimda istiqlol sharofati bilan erishilgan ilm-fan texnika yutuqlari, barkamol avlodni tarbiyalash, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etilishi, ilmiy-tadqiqot faoliyati yangiliklariga bag‘ishlangan ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar hamda uzluksiz ta'lim jarayonining ijobiy natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mas'ul xodimlari esa o‘z ma'ruzalarida tizimda islohatlarni amalga oshirilishida kasaba uyushmasining ishtiroki haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

DSC_0141 DSC_0144 DSC_0145 DSC_0148 DSC_0151 DSC_0153 DSC_0156 DSC_0157 DSC_0165 DSC_0171

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar