23/08/2014
“Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning Respublika bosqichi yakunlari to‘g‘risida

DSC_0141Ma'lumki kasaba uyushmasi tashkilotlari tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoyasi, ularning mehnat va tahsil olish sharoitlari muqobilligi va xavfsizligi, sog‘lomlashtirilishi masalalarida faol ish olib boradilar. Xodimlar manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama rag‘batlantirish mehnat unumdorligining asosiy omilidir.

Ana shu maqsad bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish yuzasidan” tizimdagi tashkilot va muassasalarda ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad vazirliklar, idoralar va boshqa boshqaruv organlari rahbarlari, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning e'tiborini mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal etishga qaratish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchi tomonidan xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining faoliyatini samaradorligini oshirishdan iborat. Ko‘rik-tanlovning vazifalari quyidagicha belgilangan:

xodimlarga sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratish, xodimlarning mehnati muhofazasiga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishda eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasini aniqlash;

mehnat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda eng yaxshi mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakilni aniqlash;

korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarining oldini olishga doir ishlarni kuchaytirish;

ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirish;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari ko‘lamini kengaytirish;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan ijobiy tajribalarni, shu sohadagi ilg‘or shakl va usullarni keng ommalashtirishdir.

Ko‘rik-tanlov o‘tkazish davomida quyidagilarga alohida e'tibor berildi:

ish o‘rinlarining sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi;

xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlari bo‘yicha o‘qitilishi va yo‘riqlardan o‘tkazilishi;

xodimlarning tegishli maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan bepul ta'minlanishi;

xodimlarga ko‘rsatilayotgan sanitariya-maishiy xizmat hamda sanitariya-texnika uskunalarining holati;

ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha shahodatdan o‘tkazilganligi;

zararli va xavfli mehnat sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarga berilayotgan imtiyoz va kompensatsiyalarning to‘g‘riligi;

xodimlarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;

ish beruvchining fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilinishi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari tufayli xodimlarga yetkazilgan zararning ish beruvchilar yoki sug‘urta kompaniyalari tomonidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi;

mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar tomonidan jamoat nazorati bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va hokazo.

Tahlillarga ko‘ra eng yaxshi natijalarga erishgan muassalar, xodimlar g‘olib deb e'tirof etildi. Bugungi tadbirda ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra:

 

“Eng yaxshi korxona” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.      Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti I-o‘rin        

2.      Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman  7-sonli umumta'lim maktabi II-o‘rin 

3.      Samarqand viloyati Samarqand shaxri 53-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi III-o‘rin 

 

“Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.      Murodov Zaynidin (Toshkent shahar O‘zFA Yadro fizika instituti) I-o‘rin        

2.      Tilovatov Fayziddin (Qashqadaryo viloyati Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti) II-o‘rin   

3.      Masaidova Maxbubaxon (Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tuman 7-sonli umumta'lim maktabi) III-o‘rin 

 

“Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyasi bo‘yicha

 

1.      Safarov Anvar Fayzullayevich (Qashqadaryo viloyati Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti) I-o‘rin        

2.      Xushvaqtov Navro‘z Bozorovich (Navoiy viloyati Nurota tumani 3-sonli umumta'lim maktabi) II-o‘rin

 

Tanlovning 1,2,3-o‘rin g‘oliblari O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining esdalik sovg‘alari hamda diplomlari bilan taqdirlandilar. “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo‘mitasi”, “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil” nominatsiyalari bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan g‘oliblar hujjatlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi komissiyasiga topshirildi.

Ushbu tadbirda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, malaka oshirish instituti tinglovchilari, kasaba uyushmasi faollari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

DSC_0173 DSC_0174 DSC_0175 DSC_0177 DSC_0179 DSC_0180 DSC_0182 DSC_0183

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar