03/11/2014
“Madaniyat va san’at – ma’naviyat o‘chog‘i”

DSC09676

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2014 yil 24 yanvardagi 15-6 sonli “2014 yilda kasaba uyushma tashkilotlarida “Ma'naviyat soatlari”ni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qaroriga ko‘ra navbatdagi ma'naviyat soati o‘tkazish vazifasi O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublikasi kengashi zimmasiga yuklatilgan.

Shu munosabat bilan joriy yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining katta majlislar zalida “Madaniyat va san'at – ma'naviyat o‘chog‘i” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati a'zosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi, Estradani rivojlantirish va muvofiqlashtirish jamoatchilik kengashi raisi – Iqbol Mirzo, O‘zbeknavo estrada birlashmasi xonandasi, halqimiz sevgan san'atkor – Shuxrat Daryo, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir – Azizbek Anvar hamda O‘zbekiston Milliy Universiteti talabasi, “Zulfiya” mukofoti sovrindori, xavaskor shoira – Yulduz O‘rmonovalar o‘z ijod na'munalari bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Aviaxodimlar, Agrosanoat majmui xodimlari, Aloqa xodimlari, Iste'mol tovarlari ishlab chiqish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari, YOqilg‘i-energetika, geologiya va kimyo sanoati xodimlari, Metallurgiya va mashinasozlik sanoati xodimlari, Sog‘liqni saqlash xodimlari, Temiryo‘lchilar va transport quruvchilari xodimlari, Transport, yo‘l va kapital qurilish sohasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashlari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashlari (jami 14 ta yirik kasaba uyushmasi tashkilotlari) rahbarlari va apparati xodimlari ham qatnashdilar.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 23 yilligi bayrami arafasida Iqbol Mirzoning “Fidokorona hizmatlari uchun” davlat ordeni sohibi bo‘lganligi alohida ta'kidlandi.

Uchrashuvda juda qiziqarli tus olib, ishtirokchilar ham madaniy ham ma'rifiy ozuqa oldilar.

DSC09671 20141031_161134 DSC09675 DSC09676 DSCN9906 DSCN9912

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar