29/09/2014
“1 oktyabr-o‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tadbir

НуротаJoriy yil 27 sentyabr kuni Nurota tuman “Chashma” me'moriy majmuasidagi “Nurota milliy bog‘i”da “1 oktyabr-o‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayramona tadbirda tumandagi korxona, tashkilot hamda ta'lim muassasalari rahbarlari, faxriy o‘qituvchilar, o‘quvchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tuman ziyolilalarini kasb bayramlari bilan tabriklash uchun so‘zga chiqqan Nurota tuman hokimi Qobul Tursunov, mustaqillik yillarida tumanda olib borilgan xalq ta'limi tizimidagi islohotlar samarasi, chekka qishloqlardagi yangi qurilgan umumta'lim maktablari, ushbu dargohlardagi qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratilganligi albatta, davlatimizning yosh avlodlarga qaratilgan g‘amxo‘rligi ifodasi ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, ta'lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘z ish tajribasida yangi texnologiyalarni, interfaol usullarni qo‘llab ta'lim jarayonlarida zamonaviy talablar asosida o‘z tashabbuslarini ko‘rsatayotgan, “Usta-shogird” an'analarini munosib davom ettirib kelayotgan bir guruh soha faollari, yosh o‘qituvchilar tuman hokimligining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Nurota tuman xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri Akmal Xalilov ham so‘zga chiqib, tumandagi ta'zim tizimida qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlar, yangiliklar xususida to‘xtalib, ushbu marralarni zabt etishda o‘qituvchi-murabbiylarning o‘rni beqiyos ekanligini e'tirof etdi. Shu bilan birga, 58-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingiliz tili fani o‘qituvchisi Zikriyayev Jo‘rabekka “Xalq ta'limi a'lochisi” unvoni ham tantanali ravishda topshirildi.

Bayramona anjumanning madaniy qismida tumandagi 5-son bolalar musiqa va san'at maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilarining sahnaviy konsert dasturi, “O‘zbeknavo” birlashmasi xonandalari hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” kanali “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktiyorlarining chiqishlari ham namoyish etildi.

Нурота Нурота 2

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar