27/10/2014
“Sog‘lom bola yili” munosabati bilan o‘tkaztlgan sport musobaqasi

ЗарафшонNavoiy viloyati ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Zarafshon shahar kengashiga qarashli shahar madaniyat va sport bo‘limi tashkilotida 2014 yil “Sog‘lom bola yili” munosabati bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning “KYOKUSINKAY” karate yakka kurash turi buyicha 26 oktyabrda Navoiy viloyati birinchiligi uchun sport musobakasi tashkil etildi. Musobaqada Navoiy shahri, Uchquduq tumani va Zarafshon shahridan kelgan 100dan ortiq sportchilar katnashdilar.

Musobaqa dustona va bayramona shukuxda o‘tkazildi. Ko‘rsatilgan natijalarga asosan Zarafshon jamoasi 1-o‘rinni, Navoiy shahar jamoasi 2-o‘rinn, Uchquduq tumani jamoasi 3-o‘rinni egalladilar. G‘oliblar shahar kengashi, shahar sport va madaniyat bo‘limi hamda “Sog‘lom avlod uchun xalqaro fondi jamg‘armasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Зарафшон

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar