31/12/2014
Bolajonlar kasaba uyushmasi e’tiborida

Без имени-1Тa'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan Yangi yil arafasida kam ta'minlangan tarmoq xodimlari farzandlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 20 nafar o‘quvchilarga, 12 nafar nogiron bolalarga o‘quv qurollari tarqatildi, 15-musiqa va san'at maktabida 150 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Ertak qahramonlari qorbobo va qorqizning chiqishlari hamda musiqa va san'at maktabi o‘quvchilarining, shuningdek, Barkamol avlob markazi to‘garak ishtirokchilarining konsert dasturlari bolalarga quvonch baxsh etdi. Tadbir so‘ngida bolajonlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar