07/01/2015
Mehnat muhofazasi masalasida o‘tkazilgan seminar

Без имени-4Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 12 noyabrdagi “Ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklarini olidni olish bo‘yicha kasaba uyushma tashkilotlarining olib borayotgan ishlari to‘g‘risida”gi 13/6-sonli Rayosat qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, tuman va shahar kengashlari tomonidan Rayosat yig‘ilishlari o‘tkazildi va ushbu masala yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Marg‘ilon shahridagi 21-umumta'lim maktabi va O‘zbekiston tumanidagi 28-umumta'lim maktabida qozonxona portlashi natijasida yuz bergan ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar seminar orqali to‘liq tahlil qilindi. Mazkur seminarda ish beruvchilar va boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mitasi raislari, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi M.Egamov ishtirok etdilar. Ushbu seminarda joylarda jamoa shartnomalariga ilova qilinadigan mehnat muhofazasi bo‘yicha Bitimlarga sarflandigan mablag‘larni aniq ko‘rsatish hamda nazorat qilish, ishlab chiqarishda ro‘y bergan baxtsiz xodisalarni o‘z vaqtida tahlil qilishda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarini keng jalb qilish va mavsumda qozonxonada ishlash uchun maxsus guvohnomaga ega bo‘lmagan ishchilarni yollamaslik chorasini ko‘rish zarurligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

Yuqorida keltirilgan masala yuzasidan Marg‘ilon shaxrida 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Rayosat yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va 11/1-sonli qaror qabul qilindi. O‘zbekiston tumanida esa 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Rayosat yig‘ilishida ko‘rib chiqildi hamda 11/2-sonli qarori qabul qilindi. Rayosat qaroridan kelib chiqib, ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Без имени-3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar