14/01/2015
“Sport-sog‘lik garovi”

 3Buxoro muhandislik-texnologiya institutida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi bilan hamkorlikda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar o‘rtasida 2015 yil 5 yanvardan 10 yanvarga kadar sportning mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, basketbol va voleybol turlari bo‘yicha institut birinchiligi sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan jamoalar sportning ushbu turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, eng mohir o‘yinchilar saralandi va institut terma jamoasi shakllantirildi. Bir hafta davom etgan musobaqa davomida barcha sportchilar va tomoshabinlar bayramona kayfiyat bilan ko‘tarinki ruxda faol ishtirok etib, kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilotining jamoada olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy va sport sog‘lomlashtirish ishlaridan mamnun ekanliklarini ta'kidlashdi. G‘olib jamoalar kasaba uyushma qo‘mitasining “Faxriy yorlig‘i” va sport anjomlari bilan moddiy rag‘batlantirildi.

4 2 1 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar