15/01/2015
Vatan himoyasi- muqaddas burch

 

3Buxoro muhandislik-texnologiya institutida xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘mitasi ma'naviyat bo‘limi, Kamolot YOIH institut tashkiloti hamkorligida 2015 yil 13 yanvar kuni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab tantanali yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda institut rahbariyati, 28803 harbiy qism vakillali kapitan Z.Mamajonov, Sh.Quvondiqov, iqtidorli talabalar va baynalminnal jangchilar ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqgan institut rektori professor U.Muhammedxanov, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Ochilov, harbiy qism ma'naviyat ishlari buyicha komandir o‘rinbosari Z.Mamajonov Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga “Vatan ximoyachilari kuni”bayram tabrigi haqida, yurtimiz osoyishtaligi va tinchligi yo‘lida harbiylarimizning tutgan o‘rni to‘g‘risida ma'ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbir davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 5 nafar jamoadagi afg‘on urushi ishtirokchilariga 200 000 so‘mdan pul mukofotlari topshirildi. Tantanali yig‘ilish yakunida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.

1 2 3 4 5

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar