21/01/2015
O‘zbek yigiti- Vatanimiz posboni

 

DSC05451 Toshkent shahar Shayxontohur tuman xalq ta'lim muassasalar faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushma kengashi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar filiali, “Kamolot” YOIH Shayxontohur tuman Kengashi hamda  “Yoshlik” JTSJ Shayxontohur tuman Kengashi hamkorligida 14 yanvar – Vatan himoyachilar kuni bayrami munosabati bilan Shayxontohur tuman tasarrufidagi umumta'lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan erkak xodimlar o‘rtasida “O‘zbek yigiti- Vatanimiz posboni” shiori ostida sportning shaxmat, stol tennisi, mini futbol turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Ushbu sport musobaqasidan ko‘zlangan asosiy maqsad sportni ommalashtirish masalasiga keng jamoatchilikning e'tiborini qaratish va sog‘lom turmush tarzini kundalik hayot tarziga aylantirish g‘oyasini ilgari surishdir.

Sportning inson salomatligiga hamda o‘qituvchilarning sog‘lom fikr yuritishidagi ta'sirining ilmiy asosga ega ekaniga guvoh bo‘lindi. Sport musobaqasida tuman bo‘yicha 190 nafar erkak xodimlar qatnashdilar. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar