30/01/2015
Eng namunali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi

 

Безымянный 12015 yil 29 yanvar kuni Samarqand shahridagi 6-sonli Mehribonlik uyida 2014 yilda Jamoa shartnomasining bajarilishi bo‘yicha Mehribonlik uyining direktori Raxmatova Guljaxon, boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Kurbonova Safiya va dalolat komissiyaning raisi Axmedov Xoliddinlarning umumiy jamoa yig‘ilishida hisobotlari tinglandi. Yil davomida jamoa shartnomasining bandlarini bajarilishi bo‘yicha ko‘p ishlar qilinganligi, lekin bajarilmay kolgan bandlarni mavjudligi ham ta'qidlab o‘tildi. 2015 yil davomida bandlarning bajarilishi taminlash uchun har chorakda qilingan ishlar monitoringini olib borish kerakligi umumiy yig‘ilishning qarori bilan qabul qilindi. Yig‘ilishning yakunida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan tavsiya etilgan Jamoa shartnomasi to‘g‘risida tushuncha berib o‘tildi. 2014 yilning Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand shaxar kengashi tasarrufida bulgan boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida eng namunali boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi deb 6-son mehribonlik uyi deb topildi va Samarqand shahar kengashi tomonidan kompyuter bilan takdirlandi.

Безымянный 1 Безымянный

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar