11/02/2015
“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining 2014-yilgi g‘oliblari taqdirlandi

 

Безымянный


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar” ko‘rik-tanlovining 2014-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur ko‘rik-tanlovning 2014-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimida xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari A. Xolbekov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘g‘il-qizlarning internetdan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini yuksaltirish, ularni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.


Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin kopayib bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi. Davlatimiz rahbarining 2012-yil 21-martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori internetdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Navoiy shahridagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-maktab.uz sayti “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, Termiz tumanidagi 4-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Azamat Xojakovning azamat.uz sayti “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va Buxoro shahridagi 10-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Adizbek Ergashev yaratgan buxoro-10maktab.uz sayti “Eng yaxshi o‘quvchi veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar