18/02/2015
“Sport-salomatlik garovi” spartakiadasining II bosqichi yakunlandi

 

7Sirdaryo viloyatida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar kengashlari tomonidan o’tkazilayotgan “Sport–salomatlik garovi” Respublika spartakiadasining II bosqichi yakunlandi.

Guliston shaxridagi “Alpomish” sport majmuasida o’tkazilgan sport musobaqalarida Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Guliston shahar кengashi tizimidagi korxona, tashkilotlar hamda o’quv muassasalari boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining g’olib jamoalari spartakiadaning viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritish maqsadida qizg’in kurash olib bordilar.Sportning 5-turi bo’yicha o’tgan qizg’in bellashuvlarda Guliston shahridagi 15-umumta’lim maktabi jamoasining qo’li baland keldi. Ushbu maktabning o’qituvchilari voleybol hamda shashka bo’yicha hech kimga imkoniyat qoldirmadilar, sportning boshqa turlaridan faxrli 2 va 3 o’rinlarni egalladilar va musobaqa g’olibiga aylandilar.   Umumjamoa hisobida shahardagi 10-umumta’lim maktabi jamoasiga 2-o’rin, 14-umumta’lim maktabi jamoasiga 3-o’rin nasib etdi.

Shahar bosqichida jami o’quv muassasalari va madaniyat tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmalaridan 42 ta jamoadan mingga yaqin havaskor sportchilar ishtirok etdilar-deydi Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Guliston shahar kengashi raisi Farhod Tashtanov.

Shuni alohida e’tirof etish lozimki, qay bir tashkilotda xodimlarining salomatliklari uchun ko’proq qayg’urilib, sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan bo’lsa o’sha tashkilotlar jamoalari yuqori natijalarga erishdilar. Bu borada 15-umumta’lim maktabi jamoasini alohida o’rnak qilib ko’rsatish mumkin. Maktabda o’qituvchi va xodimlar ishdan keyin sport bilan shug’ullanishlari uchun barcha sharoit yaratilgan, maktabning sport o’yinlarida muntazam ishtirok etuvchi jamoasi to’liq shakllantirilgan. Biz bunday jamoalarning tajribasini keng yoyishimiz zarur. G’oliblar shahar kengashi tomonidan rag’batlantirildilar.

1 3 4 5 7 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar