21/02/2015
“Ogahiy” nomli Xorazm viloyat musiqali drama teatri boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi to‘g‘risida

 

DSC06688“Ogahiy” nomli Xorazm viloyat musiqali drama teatri boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot saylov yig‘ilishi 2015 yil 20 fevral kuni  drama teatri zalida o‘tkazildi. Hisobot saylov yig‘ilishida 113 nafar kasaba uyushma a'zolaridan 97 nafari qatnashdi, 16 nafari uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmadi.

Shuningdek, hisobot saylov yig‘ilishida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassis M.Xuddiyev, Respublika kengshining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi M.Raximova, Urganch shahar kasaba uyushma kengashi raisi S. Berdiyevalar ishtirok qildi.

Yig‘ilishni teatr direktori o‘rinbosari A.Avezov olib bordi. Yig‘ilishni tartibli olib borish uchun 5 kishidan iborat ishchi guruhi tasdiqlandi. Hisobot yig‘ilish kun tartibidagi birinchi masala “Ogahiy” nomli Xorazm viloyat musiqali drama teatri boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining 2010 yil aprel oyidan 2015 yil fevral oyigacha bo‘lgan faoliyati to‘g‘risida”gi hisobot kiritilgan bo‘lib, bu borada boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi raisi Sanobar Ergasheva ma'ruza qildi. Ma'ruza yuzasidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi T.O‘razboyeva, balet artisti G.Yuldasheva, solist vokalist S.Jumaniyozov, drama aktyori F.Boltayevlar so‘zga chiqdilar. So‘zga chiqqanlar 2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili”da teatrda uzoq yillar davomida ishlab, hozirgi kunda qarilik gashtini surayotgan mehnat faxriylari R.Murodova, B.Niyozmetov, O.Boboniyozov va boshqa faxriylarni holidan xabar olish, Navro‘z va Hayit bayramlari arafasida yo‘qlash to‘g‘risida taklif bildirdilar. Shuningdek, teatrning yosh akterlari farzandlarini bolalar bog‘chasiga joylashtirish, teatrda jamoaning bo‘sh vaqtlarida foydalanishi uchun sport xonalari va sport jihozlari bilan ta'minlash, kam ta'minlangan kasaba a'zolariga moddiy yordamlar ajratish, teatrga tomoshabinlarni jalb qilish to‘g‘risida mulohazalar yuritildi. Ma'ruzaga chiqqanlar muhokamasi to‘xtatilgach, boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasining hisobot davridagi faoliyati  bir ovozdan qoniqarli deb topildi.  Birinchi masala yuzasidan qaror loyihasi o‘qib eshittirildi va bir ovozdan qabul qilindi.

O‘tkazilgan hisobot-saylov yig‘ilishida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Xuddiyev, kasaba uyushmasi Respublika kengshining Xorazm viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi M. Raximovalar so‘zga chiqib, kasaba uyushma a'zolarini ijtimoiy iqtisodiy va huquqiy himoyalash, mehnatkashlar va ularning oila a'zolarini kasaba uyushmasi sanatoriylarida sog‘lomlashtirish, farzandlarini bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oldirish, kasaba uyushma a'zolarini jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga jalb qilish, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda ishtirok qilish, yil dasturlarida belgilangan tadbirlarni ijrosida kasaba uyushma a'zolarining faol ishtirokini ta'minlash borasida to‘xtalib o‘tdilar.

Yig‘ilish kun tartibidagi ikkinchi masala boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasi tarkibini saylash bo‘lib, ko‘mitaga 7 kishidan iborat nomzodlar ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan nomzodlarning har biri alohida ovozga qo‘yildi va quyidagilar bir ovozdan ko‘mitaning a'zolari etib saylandi.

 

1.Ergasheva S. kostyumlarbo‘limimudirasi;                                    

2. Aminov Sh – ovoz yozish bo‘limi mudiri;

3. Abduraimov N – postanovka bo‘limi mudiri;

4. Bekchanova N – drama akteri;

5. Raximov Sh – solist vokalist;

6. Karimova R – balet artisti;

7. Otaboyev V – orkestr artisti.

         Saylangan ko‘mita a'zolaridan Sanobar Ergasheva – boshlang‘ich kasaba uyushma ko‘mitasining raisi, Shonazar Aminov – kasaba uyushma ko‘mitasi raisining o‘rinbosari etib saylandi.

         Yig‘ilish kun tartibidagi uchini masala O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Urganch shahar tashkilotining  konferensiyasiga delegat saylash bo‘lib, delegatlikka kasaba uyushma ko‘mitasi raisi S.Ergashevaning nomzodi ko‘rsatildi va yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

         Hisobot saylov yig‘ilishi belgilangan tartibda o‘tkazilishi ta'minlandi.

DSC06677 DSC06680 DSC06685 DSC06688 DSC06690

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar