24/02/2015
“Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi

 

SAM_2289Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan “Bolalar sportini rivojlantirish” jamg‘armasi Olot tuman bo‘limi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Olot tuman Kengashi, tumandagi 20-bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida aholining keksa vakillari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, sportning ommaviy turlariga qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan 2015 yil 21 fevral kuni 15-bolalar musiqa va san'at maktabida mehnat faxriylari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda 30 nafardan ortiq ta'lim sohasida xizmat qilgan, 60 yoshdan oshgan ustoz-murabbiylar ishtirok etishdi.

Musobaqaning qizg‘in va bahs-munozaraga boy o‘tishi otaxonlarning sportga bo‘lgan ishtiyoqi balandligidan darak berib turardi. Ayniqsa, 85 yoshli G‘ani ota Quvvatovning shaxmat donalarini ziyraklik, donolik bilan surishiga hammaning havasi keldi. Musobaqa natijalari bo‘yicha Olot tuman 1-maktabning sobiq o‘qituvchisi 73 yoshli Qodir ota Mamatov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, Hojiyev Baxtiyor, Zulfiqorov Isolarga 2-3-o‘rinnasib etdi. Shaxmatsevar keksalarimiz kasaba uyushmasining qimmatbaxo sovg‘alari va dimlomlari bilan takdirlandilar.

Tadbir so‘ngida faxriylar bir piyola choy ustida o‘tgan davrlariga nazar tashlab dildan suhbat qurdilar va bugungi kundagi amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar, ta'lim, sport, tadbirkorlik sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida fahr ila gapirib, yosh mutaxassislarga o‘z maslahatlarini berdilar.

SAM_2256 SAM_2259 SAM_2285 Безымянный

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar