24/02/2015
Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining VII konferetsiyasi o‘tkazildi

 

DSC_00642015-yil 24 fevral kuni institut madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan Jizzax davlat pedagogika instituti boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti VII konferetsiyasida asosiy masala qilib, Jizzax davlat pedagogika instituti ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2012-2014 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi va 2015 -2017 yillar uchun yangitdan tuzilgan Jamoa shartnomasi loyihasi muhokomasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mas'ul xodimi Sardor Salaxutdinov va kengashning Jizzax viloyati bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Baxrullo Kodirovlar ishtirok etishdi.

Bu konferensiya ishida belgilangan me'yorga muvofiq institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalardan saylangan 80 nafar delegat qatnashdi.

Konferensiya kun tartibiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti ma'muriyati va institut kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2012-2014 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi to‘g‘risida institut rektori professor N.A.Alimov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.Mo‘minovlarning xisobotlari eshitildi. Xisobotda har ikkala taraflar tomonidan Jamoa shartnomasiga kiritilgan 15 ta bo‘limning har bir bandlari bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar xaqida ma'lumot berildi. Konferensiya kun tartibiga binoan jamoa shartnomasida belgilangan bandlarning bajarilishi bo‘yicha ishchi guruhning axboroti eshitildi va Jamoa shartnomasining 2014 yilda har ikkala taraflar tomonidan bajarilishi qoniqarli deb topildi.

Konferensiya kun tartibining navbatdagi masalasi muhokamasida 2015-2017 yillarga yangitdan tuzilgan jamoa shartnomasi loyihasining har-bir bandini yig‘ilish qatnashchilariga kasaba uyushma ko‘mitasi raisi I.Mo‘minov o‘qib eshitdirdi va bu loyiha bo‘yicha ekspert xulosasi bilan tanishtirish uchun so‘zni O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi ekspert komissiyaning mehnatni muhofoza qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sardor Salaxutdinovga berdi. Ekspert komissiyasining yakuniy xulosasiga ko‘ra ushbu Jamoa shartnomasi O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining tavsiyalari asosida ishlab chiqilganligi va unda Mehnat kodeksi hamda tarmoq kelishuvi talablariga mos kelishi aytib o‘tildi. Ushbu 2015-2017 yillarga yangitdan tuzilgan Jamoa shartnomasi loyihasining har bir bandi yig‘ilish qatnashchilari tomonidan atroflicha muhokoma qilinib tasdiqlandi va har ikki tomondan tenglik asosida 5 kishidan, jami esa 10 kishidan iborat jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya tarkibi saylandi. Yig‘ilish yakunida Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi Baxrullo Kodirov so‘zga chiqdi.

DSC_0065 DSC_0070 DSC_0070 DSC_0075 DSC_0082 DSC_0078

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar