25/02/2015
Jizzax Politexnika instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi haqida

 

Безымянный 1Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar Jizzax politexnika institutida ham o‘z ko‘lamini ko‘rsatmoqda.

Respublikadmizda keksalar, ayollar va yoshlarga berilayotgan e'tibor, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini kuchaytirish sohasida olib borilayotgan ishlar bugungi kunda kengayib bormoqda.

Ta'kidlash lozimki, bugunga kelib institutning jamoa shartnomasi avvalgilardan tubdan farq qila boshladi, unga keksalar, yoshlar va ayollar uchun imtiyozlar ko‘zda tutilgan alohida bo‘limlar, Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalariga amal qilinishini ta'minlashga qaratilgan bandlar kiritildi.

Amaldagi jamoa shartnomasi shartlarining bajarilishi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan har oyda monitoring qilib borilmoqda..

Korxonaga yangi ishga qabul qilinayotgan xodimlar jamoa shartnomasi va unda ko‘zda tutilgan imtiyozlar bilan o‘z vaqtida tanishtirilmoqdalar.

Jizzax politexnika institutida jami xodimlar soni 468 kishini tashkil etadi, xodimlar va talabalar o‘rtasida ularning huquqiy madaniyatini oshirish buyicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda

Jizzax politexnika institutida Jamoa shartnomasi asosida xodimlarning etiborli sanalari , yani 55, 60, 65, 70 yoshlik hamda 468 ta xodimlarning tavallud kunlari madaniy-marifiy tadbir tariqasida nishonlanib kelinmoqda va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda mamuriyat mablag‘lari xisobidan turli xil sovg‘alar tashkil etilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan tadbirlardan barcha xodimlar mamnundirlar.

Institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashkilotining Davlat dasturlari asosida qabul qilingan tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi dasturi, shuningdek korxonada qabul qilingan dasturlarni bajarishda izchillik bilan ishtirok etmoqda.

Instituda madaniy-ma'rifiy va sport ishlarining tashkil etilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda.

Xodimlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish sohasida amalga oshirilgan ko‘lami kengaymoqda.

Kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatini takomillashtirish sohasida amalga oshirilgan ishlar tashkiliy ishlar, qo‘mita yig‘ilishlarining o‘tkazilishi, qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosi ta'minlanishi, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, yuqori tashkilotlar qarorlari ijrosini ta'minlash sohasida ham birqancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Безымянный Безымянный 2

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar