25/02/2015
“Sport-salomatlik garovi” spartakiadaning Forish tumani tuman bosqichi

 

Безымянный 3Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tumani kengashining 2015-yil 16-yanvardagi 12-3 “s” sonli qaroriga asosan tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini oshirish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari va sportning ommaviy turlariga keng jalb etish orqali mehnatkashlar salomatligini tiklashga ko‘maklashish maqsadida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida spartakiadaning tuman bosqichi Forish tumani, Forish qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 12-umumta'lim maktabi sport bazasida bo‘lib o‘tdi. Spartakiada sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, badminton turlari bo‘yicha o‘tkazilib, unda 176 nafar kasaba uyushma a'zolari ishtirok etishdi.

Musobaqada 1, 5, 12, 15, 16, 18, 33, 55, 59-umumta'lim maktablari, 18-son bolalar musiqa va san'at maktabi, 3, 5-maktabgacha ta'lim muassasalari, Forish qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji, tuman tibbiyot birlashmasi tashkilotlari jamoalari sportning “Shaxmat”, “Shashka”, “Stol tennisi”, “Badminton”, “Voleybol” turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. 

O‘tkazilgan spartakiadada “Shaxmat” bo‘yicha Forish qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejidan Yo‘limov Ilhom va 59-umumta'lim maktabidan Xudoyberdiyeva Mohima, “Shashka” bo‘yicha 5-umumta'lim maktabidan Tursunmurodov O‘tkir hamda Soyaqulova Munira, “Badminton” bo‘yicha 16-maktabdan Rayimqulov Same va shu maktabdan Bahramova Shoira, “Stol tennisi” bo‘yicha esa 12-maktabdan Qorabekov Shahzod va Ergasheva Feruzalar, “Voleybol” bo‘yicha 15-maktab jamoasi fahrli I o‘rinni qo‘lga kiritdilar. 

G‘oliblar va musobaqada faol ishtirok etganlar va hakamlar tuman kengashining fahriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ishtirokchilar musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, keyingi bosqichga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishlarini ta'kidladilar.

Ushbu musobaqalar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilib, hush kayfiyat bag‘ishlashi bilan bir qatorda, mehnat samaradorligini oshishiga ham xizmat qiladi.

Keyingi paytda kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan turli sport musobaqalari, madaniy-ma'rifiy tadbirlar ko‘plab o‘tqazilishi a'zolarimiz  o‘rtasida  sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.

Безымянный 1 Безымянный 2 Безымянный Безымянный 3

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar