06/03/2015
Fizika- Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot – saylov konferensiyasi o‘tkazildi

 

SAMSUNG CAMERA PICTURESBugungi kunda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi tarkibidagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarida xisobot-saylov yig‘ilishlari va konferensiyalar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 6 mart kuni Fizika- Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotida xisobot – saylov konferensiyasi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abduvoxob Karimov o‘tgan 2010-2015 yilning fevral oyi davr mobaynida birlashma kasaba uyushmasi, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida, taftish komissiyasi raisi Qobulov Rustam esa 2010-2014 yilning shu davrigacha kasaba uyushmasi tomonidan kasaba uyushma byudjeti mablag‘larini sarflanishi yuzasidan qilingan sarf-xarajatlar hamda olib borilgan xayrli ishlar to‘g‘risida, shuningdek boshlangich kasaba uyushma tashkilotlarida yechimini kutayotgan ayrim kamchiliklar hususida ko‘rgazmali (slayd ko‘rinishida) ma'ruza qildilar.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev olib bordi.

So‘zga birlashma bosh direktori Sa'dulla Lutpulllayev, kasaba uyushmasi a'zolari Muminov Ramz Abdulayevich, Saidxonov Nosir Shokirovich, YAqubova Muxabbat, Yadgarova Dilbar Mustafayevna va boshqalar chiqib o‘tgan davr mobaynida kasaba uyushma tashkiloti tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib borgan ishlariga o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi hamda qoniqarli deb topish to‘g‘risida taklif kiritdilar.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sh.Jo‘rayev tomonidan kasaba uyushmalari tomonidan belgilab olingan ustivor yo‘nalishlar aynan xodimlarning manfaatlarini yanada yuqori himoyalashga qaratilganligi, kasaba uyushma tizimga joriy etilayotgan yangiliklar, jamoa shartnomalariga kiritilgan qo‘shimcha bandlar, shuningdek, yuqori kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlar quyi boshlangich tashkilotlarga qaratilgan amaliy yordamlar ekanligi, shu bilan birga xali kasaba uyushma faollari oldida turgan yechimini kutayotgan dolzarb masalalar etib o‘tildi.

Yig‘ilishda boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va taftish komissiyasi yangi tarkibi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi

Yig‘ilishdan so‘ng birinchi tashkiliy masala ko‘rib chiqildi hamda tashkilot kasaba uyushmasi raisi va rais o‘rinbosari saylandi. Shuningdek, jamoa shartnomasiga asosan 8 mart “Xalqaro xotin qizlar bayrami” kuni munosabati bilan ma'muriyat tomonidan barcha ayollarga Respublikada belgilangan eng kam ish haqqining 2 barobari miqdorida pul mukofoti, kasaba uyushmasi tomonidan esa “Istiqlol” san'at saroiyda bo‘lib o‘tadigan “Sen aziz va muqaddassan” konsert dasturiga chiptalar berildi.

Shu kuni yig‘ilishdan so‘ng “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma'muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi 2014/2016 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2014 yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv komissiyasi raisi Saidxonov Nosir Shokirovichning axboroti tinglandi. 2015 yil “Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan quyidagi qo‘shimchalar kiritildi.

1.      Xodimlar nafaqaga chiqishi munosabati bilan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;

2.      Yolg‘iz-keksalar, nogironlar va mehnat fahriylarini sog‘lomlashtirish;

3.      Ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar joriy etish;

4.      Keksalarni tarixiy joylarga va shaharlarga sayyohatlarini tashkil etish;

5.      Xodimlarni yubiley sanalari va pensiya yoshiga yetishi munosabati bilan taqdirlash:

Birlashgan qo‘mita tarkibidagi barcha boshlangich tashkilotlarda xisobot-saylov va jamoa shartnomalarini bajarilishi yakunlari bo‘yicha yig‘ilishlari davom etmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis R.Qoraboyev, Toshkent shahar kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyalash bo‘limi mudiri S.Agzamov ishtirok etdi.

SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES SAMSUNG CAMERA PICTURES

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar