09/03/2015
8-mart Xalqaro xotin qizlar kuni

 

тадбир 7O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining barcha boshlang‘ich tashkilotlarida bayram tadbirlari keng nishonlamoqda. 2015 yil 5 mart kuni 8-mart xotin qizlar bayrami munosabati bilan Toshkent shahar Uchtepa tuman 28-son Bolalar musiqa va san'at maktabi kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ayoli qadrlangan diyor” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda musiqa va san'at maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari faol qatnashib tashrif buyurgan ayollar uchun konsert dasturini xavola qilishdi.

Tadbirda so‘z olgan faxriy ustozlar ayollarga qilingan bunday etibor uchun musiqa va san'at maktab ma'muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib o‘tdilar.

“Keksalarni e'zozlash yili” munosabati bilan bayram so‘ngida uzoq yillar ta'lim berib kelayotgan ustozlarga, ayollarga kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

тадбир 9 тадбир 4 тадбир 3 тадбир 8

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar