09/03/2015
“Ayoli qadrlangan diyor”

 

Безымянный 1Jizzah viloyati Тa’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi rayosatining 2015-yil 20-fevraldagi №12-9 “s” – sonli Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman kasaba uyushmalari tashkilotlarida “Ayoli qadrlangan diyor” mavzusida tadbirlarni o’tkazish” to’g’risidagi qarori qabul qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.

Xotin-qizlar kuni bayramini tumandagi tashkilotlar va muassasalarda keng nishonlash borasida tuman kengashi va boshlang`ich kasaba uyushma tashkilotlari bilan hamkorlikda qator tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilib amalga oshirilmoqda.

Barcha sohada bo`lgani kabi kasaba uyushmasida ham xotin-qizlar samarali faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Forish tuman Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman kengashi tomonidan 2015-yil 6-mart kuni “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan “Ayoli qadrlangan diyor” mavzusida kasaba uyushma faollari ishtirokida tadbir bo`lib o’tdi. Tadbirni tuman kengashi raisi N.Maxammatov kirish so’zi bilan ochib, ta’lim tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan, har jihatdan barchaga o`rnak bo`layotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. O`tkazilgan tadbirda tuman kengashi tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda ishlovchi faol xotin-qizlardan 29 nafariga kasaba uyushma mablag`lari xisobidan esdalik-bayram sovg`alar topshirildi. Tadbir so`ngida yig`ilish ishtirokchilariga tuman madaniyat va sport ishlari bo`limi havaskor ijrochilarining kuy qo’shiqlari va sahna ko`rinishlari namoyish etildi.

Безымянный

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar