10/03/2015
Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyalar

 

Безымянный 2O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2014 yil 12 noyabrdagi 13/8 Rayosat qaroriga hamda tarmoqning Ustaviga asosan tarmoq tizimidagi tashkilotlarda xisobot -saylovlari har 5 yilda bir marta o‘tkazilishi, kasaba uyushmasi organlari 5 yil muddatga saylanishi belgilab quyilgan. Shu munosabat bilan joriy yilning fevral-aprel oylarida kasaba uyushma tashkilotchilari, sex kasaba uyushma qo‘mitalari, boshlang‘ich tashkilotlarning kasaba uyushmasi qo‘mitalarida xisobot-saylovlar o‘tkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 25 fevral kuni Farg‘ona politexnika instituti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitalarida, 26 fevral kuni Farg‘ona davlat universiteti xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo‘mitalarida konferetsiyalar o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlarining Konferensiyalarida O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh xisobchisi A.Asadov hamda oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari ishtirok etdi.

Konferensiyada boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti hamda taftish komissiyasi tomonidan 5 yil davomida olib borilgan ishlar xisoboti berilib, sarxisob qilindi. Bunda kasaba uyushma tashkiloti qanday ishlarni amalga oshirdi, qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi va keyingi kasaba uyushma tashkilotining vazifalarini belgilab oldi. Konferensiya “Insonga naf keltirish-oliy baxt” shiori ostida faoliyat olib borishni o‘z oldilariga maqsad etib olishdi.

Konferensiyada yangi qo‘mita tarkibi hamda qo‘mita yig‘ilishida kasaba uyushma qo‘mita raisi, taftish komissiya a'zolari va taftish komissiyasi raisi saylandi.

Безымянный 1 Безымянный

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar