12/03/2015
Ayollarni qadrlangan diyor

 

Безымянный 1Farg‘ona viloyati Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashlari tomonidan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tizimda samarali mehnat qilayotgan hamda oilalar mustahkamligini ta'minlashda o‘z xissasini qo‘shayotgan faol xotin-qizlar rag‘batlantirildi hamda ayollar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Sport go‘zallik timsoli” sport musobaqalari va ma'naviy tadbirlar tashkil etildi.

Jumladan: Viloyat miqyosida Akademik litsey va kasb-xunar kollejlarining o‘quvchilari o‘rtasida voyaga yetmagan kizlar o‘rtasida bitta ham erta tug‘ruk holatga yo‘l qo‘ymaslik, erta turmush kurishni oldini olish maqsadida 5 mart kuni “Orasta kizlar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tumani ta'lim muassasalarida ishlab xozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ayollar, kasaba uyushmasi faol ayollarini holidan xabar olish, bayram bilan tabriklash uchun 40 kishiga 1390000 ming so‘mga sovg‘alar tarkatildi.

Ular qatorida ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan xotin-qizlar, xususan, O‘zbekiston tumani “Qudash” qishlog‘ida joylashgan nogironlar uyida istiqomat qiluvchi 120 nafar ayollarga bayram dasturi va sovg‘alar kasaba uyushmasi tomonidan berildi.

Tadbirda viloyat hokimi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari F.Xoshimov, Xotin-qizlar qo‘mitasi kotibiyat mudiri S.Alimova, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi V.Azizovlar ishtirok etdilar.

OLYMPUS DIGITAL CAMERA OLYMPUS DIGITAL CAMERA

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar