20/03/2015
“Navro‘z – qadr-qimmat, mehr-muruvvat va an’analar timsoli”

 

SAM_3461Uzoq yillar ta'lim tizimida samarali mehnat qilgan va bugungi kunda nafaqada qariyalik gashtini surayotgan bir guruh faxriylar va muassasa, tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan sharafli kasb egalari – pedagog-o‘qituvchilar o‘rtasida Navro‘z – umumhalq bayramini keng nishonlash, “Keksalarni e'zozlash yili” dastur tadbirlaridan kelib chiqib ularni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish borasida mamlakatimiz bo‘ylab bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uchtepa tuman kengashi va 4-umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda 2015 yil 19 mart kuni 4-maktabda soat 11.00 da “Navro‘z – qadr-qimmat, mehr-muruvvat va an'analar timsoli” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda 126 nafar ta'lim, fan va madaniyat muassasalari xodimlari hamda maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirni 4-maktab direktori M.Maxmudova kirish so‘zi bilan ochdi. Tabrik uchun tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining Toshkent shahar bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi A.Raxmonov so‘zga chiqib, barcha pedagog-o‘qituvchilar va faxriylarni Navro‘z umumxalq bayrami bilan Respublika kengashi nomidan qutladi.

Tadbirda 27 nafar tarmoq faxriylariga Respublika kengashining va Uchtepa tuman kengashining 20 nafar muassasalar xodimlariga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

4-maktabning “Nilufar” ashula va raqs to‘garagi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mexmonlarga havola etildi.

4-maktabda Maxmudova Malika (ona tili), Jalilova Ziroat (rus tili), Isayeva Ra'no (chet tili), Isaxodjayeva Dilorom – 17-maktabgacha ta'lim muassasa, Arifxodjayeva Nazira – 608-maktabgacha ta'lim muassasalarida ko‘p yillar davomida yosh avlodga ta'lim-tarbiya berib keldilar. Bugungi kunda ular nafaqada keksalik gashtini surib kelmokdalar.

Ona tili o‘qituvchisi Mastura Inoyatova so‘zga chiqib, barcha faxriy ustozlarni, bugungi kunda mehnat qilayotgan pedagog o‘qituvchilarni tabriklab, o‘zlarining minnatdorchiliklarni bildirdilar.

SAM_3481 SAM_3514

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar