01/04/2015
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyalariga rioya etish to’g’risida о’quv seminari o’tkazildi

 

DSCN0585O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2015 yil 24 yanvardagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining 2014 yildagi faoliyati yakunlari va 2015 yildagi ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi 12-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tasdiqlangan nazorat-rejasining ijrosini ta’minlash bo’yicha Guliston shahridagi maktablar, kollejlar hamda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari uchun bolalar mehnati va majburiy mehnatga oid XMT Konvensiyalariga rioya etish bo’yicha 31 mart kuni Guliston shahridagi 1-sonli Musiqa va san’at maktabi majlislar zalida o’quv-seminari o’tkazildi. O’quvda 80 nafar rahbarlar ishtirok etishdi. O’quv seminarida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining mehnatni muhofaza qilish bo’limi boshlig’i B.Ismatov, birlashmaning yuristi Sh.Umaralieva, Viloyat mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi mehnat sharoitlari bo’yicha davlat eksperti G’.Zokirovlar tomonidan bolalar mehnati va majburiy mehnatga oid Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konventsiyalariga rioya etish bo’yicha tushuncha va ko’nikmalar berildi.

Ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarning Xalqaro Mehnat Tashkiloti Konvensiyalariga rioya etish bo’yicha hamda mehnat munosabatlariga oid bo’lgan savollariga javoblar va tegishli ko’rsatmalar berildi.

DSCN0584 DSCN0589

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar