25/05/2015
“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi

 

7Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar kengashi tomonidan respublika ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi.

Ko‘rik-tanlovning shahar bosqichida 4ta 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar, 17ta 100 nafardan kam kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlari ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan shahardagi tarmoqqa qarashli 34ta boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati o‘rganib chiqildi.

Tanlovda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan kasaba uyushmasi faoliyatining barcha yo‘nalishlarini aks ettiruvchi taqdimotlar tayyorlandi, ko‘rgazmalar tashkil etildi. Tashkilotlar faoliyati belgilangan mezonlar asosida baholandi.

100 nafardan ortiq kasaba uyushma a'zolari bo‘lgan tashkilotlardan Kogon shahar 7-umumta'lim maktabi, 100 nafardan kam kasaba uyushma uyushma a'zolari bo‘lgan tashkilotlar orasida 4-umumta'lim maktabi kasaba uyushma tashkiloti ko‘rik-tanlovning bosqichi g‘olibi deb topildi va keyingi bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. 

4 12

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar