18/06/2015
Buxoro viloyati bo‘yicha “Yilning eng faol yosh olimi” tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi

 

Ёш олим танлови БМТИ“Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanloviga iste'dodli, iqtidorli yoshlarning qiziqishi ortib bormoqda. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirayotgan yosh mutaxassislarning soni ortib borayotgani fikrimizning isbotidir.

Buxoro muhandislik texnologiya institutida tanlov haqida barcha kafedra va fakultetlarga e'lon qilindi. Tanlovning 1-bosqichida 8 nafar yosh olimlar qatnashdi. Professor va o‘qitiuvchilardan iborat komissiya a'zolari tomonidan ishtirokchilarning hujjatlari o‘rganib chiqildi. Taqdimot jarayonida ishtirokchilarning bilimi, ilmiy salohiyatiga e'tibor berildi. Kimyo kafedrasi o‘qituvchisi Niyazov Laziz eng ko‘p ball to‘plab, tanlovning 1-bosqichi g‘olibi bo‘ldi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar