10/07/2015
Jizzax viloyatidagi “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi yakunlari to‘g‘risida

 

2Respublikamiz mustaqillikka erishgach yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol inson bo‘lib kamol topishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. O‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta'lim muassasalari qaytadan qurilib, zamon talablari darajasida jihozlandi. Yoshlarni jismonan baquvvat bo‘lishlari, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilib, zamonaviy sport majmualari qurilib ishga tushirildi.

Mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan yoshlarimiz o‘zlari uchun yaratilgan sharoitlardan keng foydalanib har bir sohada o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilmoqdalar. Yoshlarimiz egallagan sohalari bo‘yicha erishayotgan yutuqlari bilan  bugungi kunda dunyoni lol qoldirmoqda.

Yoshlarni har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lib kamol topishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, yosh avlod vakillarida vatan tuyg‘usi va mamlakatda ro‘y berayotgan voqyealarga dahldorlik hissini oshirishga ko‘maklashish hamda Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Yoshlar Kengashining tashabbusi bilan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini tashkil etilishi yoshlar uchun yana bir bor o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish qilishlari uchun keng imkoniyat eshiklarini ochdi.

Ko‘rik-tanlovni viloyatda yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashi bilan hamkor tashkilotlar o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi.

Viloyat ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tizimida “Eng faol yosh madaniyat xodimi” va “Eng faol yosh olim” nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlov Nizom talablari asosida tashkil etildi.

Jumladan, joriy 2015 yilning may-iyun oylarida tizimdagi tashkilot va muassasalarda ko‘rik tanlovning 1-bosqichi, tuman (shahar)lar miqyosida esa 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlovlarda 17 nafardan ziyod yosh mutaxassislar 2 ta nominatsiya bo‘yicha bellashdilar.

Har bir bosqichda ko‘rik tanlov g‘oliblari tegishli tarzda rag‘batlantirilib borildi. Ushbu tadbirlar jarayonida amalga oshirilgan ishlar xaqidagi ma'lumotlar oliy ta'lim muassasalarining nashrlarida yoritilib, “Jizzax” televideniyesining “Zamin” informatsion dasturi orqali xabarlar berib borildi.

Ko‘rik tanlovning bo‘lib o‘tgan ikki bosqichlarida tanlab olingan 5 nafar tanlov g‘oliblari viloyat miqyosidagi 3-bosqichida o‘zaro baxs olib bordilar. 

Ko‘rik tanlovni o‘tkazish bo‘yicha hakamlar hay'atining qarori bilan ishtirokchilarning 2 nafari 1-o‘ringa, 3 nafari esa 2 va 3-o‘rinlariga munosib deb topildilar. Tanlovning “Eng faol yosh olim” nominatsiyasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Jizzax davlat pedagogika institutining “Pedagogika-psixologiya” kafedrasi mudiri To‘raqulova Iroda Xolbo‘tayevna,  “Eng faol yosh madaniyat xodimi” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan Jizzax viloyati O‘lkashunoslik muzeyi Sh. Rashidov bo‘limi tushuntiruvchisi Tashniyazova Gulnoza Turgunovnalar tanlovning Respublika bosqichida qatnashishlari uchun tavsiya etildi.

2015 yilning 30 iyun kuni Jizzax viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi kengashining majlislar zalida hamkor tashkilotlar “Kamolot” YOIH viloyat kengashi va Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari vakillari ishtirokida tanlovning viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, tanlovning viloyat bosqichida 1,2,3-o‘rinlarni qo‘lga qiritgan yoshlarga tegishli Diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

1 3

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar