10/07/2015
“Eng namunali boshlang’ich tashkilot” tanloviga bag’ishlangan tadbir

 

1O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosatining 2015 yil 31 martdagi “O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o’rtasida o’tkaziladigan “Eng namunali boshlang’ich tashkilot” ko’rik-tanlovi to’g’risida”gi 21-53“s”-sonli qarori asosida tanlovning birinchi va ikkinchi bosqichlari ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlari o’rtasida Nizom talablari asosida o’tkazildi.

Tuman, shahar kengashlari tomonidan taqdim etilgan birinchi bosqich g’oliblarining hujjatlari raislar kengashi qarori bilan tasdiqlangan komissiya tomonidan ko’rib chiqildi va eng yuqori ball to’plagan 2 ta (a’zolar soni 100 nafargacha bo’lgan va 100 nafardan ortiq bo’lgan) boshlang’ich tashkilot keyingi bosqichga chiqarildi.

Ko’rik-tanlovning tuman, shahar, viloyat bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan boshlang’ich tashkilotlarning o’zaro tajriba almashishlarini tashkil etish, ularni rag’batlantirish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari tomonidan ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi yakuniga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda birinchi o’ringa munosib deb topilgan, a’zolar soni 100 nafargacha bo’lgan Boyovut tumanidagi 40 maktab boshlag’ich kaksaba uyushma boshlang’ich tashkiloti, ikkinchi o’rinni egallagan Oqoltin tumanidagi 3 maktab boshlang’ich tashkiloti hamda a’zolar soni 100 nafardan ortiq bo’lgan Mirzaobod ijtimoiy-iqtisodiyot kasb xunar kolleji boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti, ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan Yangier shahar Akademik litseyi boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan munosib taqdirlanib, qimmatbaho sovg’alar bilan rag’batlantirildi.

G’olib bo’lgan tashkilotlar hujjatlari keyingi bosqichda ishtirok etish uchun ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashiga taqdim etildi.

2 3

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar