04/04/2015
“Yurtga sog‘lom oila va barkamol avlod kerak” mavzusidagi tadbir to‘g‘risida

 

3Buxoro viloyat Jondor tuman ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi va Respublika Ma'naviyat – targ‘ibot Markazining Jondor tuman bo‘limi hamda Jondor pedagogika va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji ma'muryati va kasaba uyushma tashkiloti bilan birgalikda “Yurtga sog‘lom oila va barkamol avlod kerak” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kollejda mehnat qilayotgan 20 nafar yosh o‘qituvchilar va 115 nafar talabalar ishtirok etdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan Ma'naviyat – targ‘ibot Markazining Jondor tuman bo‘limi rahbari R.Rahimova ochdi va mavzudan kelib chiqib, tadbir ishtirokchilariga sog‘lom oila va barkamol avlodning millat va yurt kelajagidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirdi.

R.Rahimovadan keyin so‘zga chiqqanlar yuqoridagi aytib o‘tilgan fikrlarga qo‘shimcha qilib, bu borada qilinayotgan va qilinishi kerak bo‘lgan ishlar haqida fikr yuritdilar. Tadbir oxirida tadbir ishtirokchilari bilan savol – javob o‘tkazildi. Qizg‘in o‘tkazilgan savol-javoblarda sog‘lom oila qurish uchun inson ma'nan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lish kerakligi, biror kasb-hunarni egallagan bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritdilar.

4 1

 

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar