05/09/2015
Jizzax viloyatining Forish tumanida o’tkazilgan tadbir

 

20150904_090332O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiya Kengashi tizimida har yili maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'ygan o'g'il-qizlarning sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish, tibbiy madaniyatini oshirish, tozalik, ozodalikka odatlantirish, jamoat joylarida saranjom-sarishtalikka rioya etishlarini ta'minlash maqsadida “Tozalik, ozodalik – salomatlik garovi” tadbirini o'tkazilishi an'anaga aylandi.

Ushbu tadbir doirasida ilk bor maktabga borgan 1-sinf o'quvchilariga sanitariya-gigiena qoidalari, sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, atrof-muhitni, kiyim-kechaklarni toza, ozoda holda tutish hamda salomatlikni saqlashda birinchi navbatda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish lozimligi haqida gapirib o'tildi. Bolalarga kichik yoshidanoq sog'lom turmush tarzini singdirish maqsadida yuz-qo'llari, kiyim-kechaklari va o'quv anjomlarini ozoda tutish, saranjom sarishtalikka rioya etish to'g'risida tushuntirishlar berildi.

Joriy yilda Jizzax viloyatining Forish tumanidagi chekka xududlaridagi 20 ta umumta'lim maktablarining 616 nafar 1-sinf o'quvchilariga kundalik hayotda rioya etishlari lozim bo'lgan sanitariya-gigiena vositalari jamlangan to'plamlar taqdim etildi.

Bolalarning ma'naviy-axloqiy kamol topishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir.

20150904_085438 20150904_085331

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar