08/08/2015
Payariq tumani kengashi qoshida “Payariq umidli kelajak yoshlari” unitar korxonasi tashkil etildi

 

2Tumanda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash, aholiga servis va pullik xizmat ko‘rsatuvchi servislarni tashkil etish, hamda tumandagi kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligi ta'minlash, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini sifatli tayyorlash, hamda ularning mehnatidan samarali foydalanish uchun Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman kengashi qoshida “Payariq umidli kelajak yoshlari” unitar korxonasi tashkil etildi. Unitar korxonada 14 kishilik yangi ish o‘rni yaratilib, shulardan 12 tasi kollej bitiruvchilarini tashkil etadi.

Unitar korxonaga tuman tarmoq kengashlaridan Agrosanoat majmui xodimlari, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari, Iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman kengashlari va Payariq tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ta'sischilar sifatida korxonaga 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida moliyaviy ko‘mak berilib, ustav fondi shakllantirildi.

Ushbu mablag‘lardan binoni ta'mirlash uchun 4 500 000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘m, banner va gilamlar uchun 851 000 (sakkiz yuz ellik bir ming) so‘m miqdorida mablag‘lar sarflandi.

Hozirda unitar korxonada 6 ta faoliyat turi bilan kollej bitiruvchilari ish bilan ta'minlandilar. Bular kompyuter xizmati (blankalar, taklifnomalar, bukletlar, jildlar va boshqa poligrafiya mahsulotlarini tayyorlash) ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aholi tomorqalari va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlariga ximiyaviy va biologik ishlov berish, chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatish, poyafzal tikish va ta'mirlash hamda tijorat do‘konidan iboratdir.

1 3 4 5

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar