02/10/2015
“Keksalarni e`zozlash yili” Dastur doirasida

 

2Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g’amxo`rlik ko`rsatish jamiyatimizning o`ziga xos yuksak ma’naviyati belgisidir.

Ta’lim, fan va madaniyat hodimlari kasaba uyushmasi Forish tuman kengashi tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda.

Keksalar bor oilalar fayzli, qut-barakali, yoshlari odobli, mehribon bo`ladi. Ularning imkoniyati, tajribalaridan foydalansak, e’tibordan chetda qoldirmasak, ruhi tetik, bardam-baquvvat bo`ladi. Shu maqsadda dasturga asosan tashkilot va muassasalarda “Fahriylar kengashi” tashkil etilgan bo`lib, ularning boy tajribalari, ko`rsatmalaridan foydalanib, o`tkazilayotgan tadbirlarga taklif etib kelinmoqda.

Mehnat jamoalarida “Keksalarni e`zozlash yili” Davlat dasturining maqsad va mohiyatini keng targ`ib qilish maqsadida ma’naviyat soatlari, uchrashuvlar, davra suhbatlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o`tkazilmoqda. Yaqinda tumandagi Narvon qishlog`ida joylashgan 40-umumta'lim maktabi mehnat jamoasida “Siz doim e’zozdasiz” mavzusida ma’naviyat soati bo`lib o`tdi. Unga mehnat fahriysi O.Totliboev taklif etildi.

Garasha QFY hududidagi 78-umumta’lim maktabida ta’lim tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, ko`plab shogirdlar tayyorlagan fahriy o`qituvchi M.Xolxo`jayev ishtirokida “Ilm fan peshvolari – yurtimiz taraqqiyoti asoschilari” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi. 1-umumta'lim maktabida mehnat faxriylari ishtirokida yosh avlodning ma’naviy va ahloqiy tarbiyasiga ko`maklashish, ularda milliy g`urur va o`zini anglash hissini shakllantirish maqsadida “Keksalarni ardoqlagan yurt” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazilib, unga shu maktabda 51 yil mehnat qilgan fahriy o`qituvchi Z.Hofizov taklif etildi. Shuningdek, reja asosida har bir bayram munosabati bilan fahriy ustoz-murabbiylarning holidan habar olinib, manzilli yordamlar ko`rsatilib kelinmoqda.

Inson qaysi yoshda bo`lmasin, avvalo, o‘zining kerakligini, yon-atrofdagilar nazarida ekanligini his qilishi kerak. Ana shunda u ham ma’naviy, ham jismoniy jihatdan faol bo`lishga intiladi.

Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama rag`batlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ular uchun nafaqat moddiy, ayni paytda katta ma’naviy-ruhiy madaddir. Yurtimizda bunday hurmat, e’tibor va g`amxo`rlik uchun chuqur minnatdorlik tuyg`usi fuqarolarimizning tinch va osuda hayoti, ertangi kunga bo`lgan mustahkam ishonchida, yosh avlodni Vatanga, mustaqillikning buyuk g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda o`z ifodasini topmoqda.

1 4

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar