06/11/2013
Bosh kelishuv

head

BOSH KELISHUV – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida 2011-2013 yillar uchun tuzilgan bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Bosh kelishuv taraflari:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga amal qilib;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining strategik ko‘rsatmalarini ijro uchun qabul qilib;
fuqarolarning huquqlari va manfaatlari himoyasini, mustaqil O‘zbekiston manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yib;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tamoyilga asoslangan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirishga ko‘maklashish niyatlarini tasdiqlab;
ijtimoiy mas'uliyatni davlat, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida bundan buyon ham taqsimlab borish zarurligini tan olib;
xodimlar va ish beruvchilarning mehnatga oid huquqlari va ijtimoiy- iktisodiy manfaatlari himoyasini ta'minlash, jamiyatda ijtimoiy totuvlik va barqarorlikni saklab turish ishlarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun ijtimoiy sheriklik tamoyilini amalga oshira borib;
ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xususida kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beruvchi Bosh kelishuvni tuzdilar va o‘z zimmalariga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha majburiyatlar oldilar:

1. Iqtisodiyotni, mamlakatda ishlab chiqarishni hamda tadbirkorlikni rivojlantirish.
2. Mehnatga haq to‘lash, daromadlar va turmush darajasi. 
3. Mehnat bozorini rivojlantirish, aholini ish bilan ta'mnnlashga ko‘maklashish.
4. Mehnat muxofazasi va xavfsizligi.
5. Ijtimoiy kafolatlar, ijtimoiy himoya.
6. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, jismoniy tarbiyani ommalashtirish ishlari, mehnatkashlar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish.
7. Ijtimoiy muloqot va ijtimoiy sheriklikii rivojlantirish.
8. Kelishuvning amal kilishi, uni amalga oshirish mexanizmi va bajarilishi uchun taraflarning javobgarligi.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar