17/11/2015
“Afsona” poyezdi bilan sayoxat

 

3O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federeatsiyasi Kengashining 2015 yil 24 yanvardagi 20-5-sonli qarorida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “Kasaba sayr” unitar korxonasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatidagi ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi a'zolaridan 36 nafarini “Afsona” poyezdi bilan Xorazm viloyatining Urgench va Xiva shaharlariga sayoxat tashkil etildi.

Sayoxtachilarni dastlab Urgench vokzalida Xorazmliklar surnay va doira navolari ostida kutib oldilar. Sayoxatchilar tayyorlab qo‘yilgan avtobuslarga joylashib ichki ishlar xodimlari hamkorligida Xorazm viloyatining Urgench shahrining diqqatiga sazovor joylari va mustaqillik davrida qurilib foydalanishga topshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng Xiva shaxrining tarixiy joylari VIII-XIX qurilgan Ichan-Qalada joylashgan “Paxlovon Maxmud”, “Said Allovuddin” muzeylari, “Kalta-Minor”, “Muxammad Aminxon” madrasasi va “Xodja Islom” minorasi kabi tarixiy joylari bilan tanishib qaytdilar.

1 2 4 5

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar