26/11/2015
Seminar-trening

 

??????????O’zbekiston ta’lim,fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati tuman, shahar kengashlari raislari va hisobchilari ishtirokida seminar-trening yig’ilishi o’tkazildi.

Seminarda barcha tuman, shahar kengashi raislari va hisobchilari hamda viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi moliya bo’limi mudiri va Sirdaryo viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchi ishtirok etdi.

Seminarda 2015 yil noyabr oyida o’quv markazida malaka oshirish kursida bo’lgan Sayxunobod tuman kengashi hisobchisi Abdusattarova Nodira O’rinboevna me’yoriy xujjatlar bilan ishlash va malaka oshirish kursida olgan bilimlari xususida tajriba almashdi. Seminarda so’zga chiqqan mas’ul tashkilotchi A.Mamarasulov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi moliya bo’limi mudiri R.Zoirova, Sardoba tuman kengashi raisi X.Urozboev, Yangier shahar kengashi raisi U.Allanazarov, Yangier shahar kengashi hisobchisi Sh.Shermanova, Guliston tuman kengashi raisi U.Usanovlar tizimda byudjet mablag’larini sarflashda yuqori tashkilotlarning me’yoriy xujjatlari asosida ish yuritish va byudjet mablag’larini hisobdan chiqarish, xujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirish haqida o’z fikr muloxazalarini bildirdilar. Seminar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

??????????

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar