06/11/2013
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida

madaniyatO‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvida qayd etilgan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Tarmoq kelishuvining asosi O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonunini hayotga tatbiq etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari hamda haq-huquqlarini muhofaza qilishga qaratilgan. Shu bois, mazkur kelishuvda qayd etilgan maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda soha xodimlarining mehnat huquqlari, ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy va sport-sog‘lomlashtirish masalalariga alohida e'tibor berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xay'ati va O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi Rayosati 2009-2011 yillar uchun tuzilgan tarmoq kelishuvining bajarilishini e'tirof etgan holda, mazkur tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq xodimlari, pedagog va talaba-o‘quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va intellektual manfaatlarini himoya qilish yo‘lida hamkorlikni davom ettirish maqsadida qaror qiladi

To`liq matnni quyudagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

_word O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan O‘zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi o‘rtasida 2012-2014 yillar uchun tarmoq kelishuvini tuzish to‘g‘risida.


Ijtimoiy himoya, Kelushuvlarga oid ma`lumotlar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar