12/12/2015
Ilg‘or tajribalar ommalashtirildi

 

Бухоро шахар 123 -интернат -1Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro shahar kengashi tomonidan boshlang‘ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish, “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi sovrindori – Buxoro shahridagi 123- ixtisoslashtirilgan maxsus maktab internat boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti negizida amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tadbirga taklif etilgan shahar tarmoq tizimidagi kasaba uyushma qo‘mita raislari va kasaba uyushma tashkilotchilari maktab internat kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, ish hujjatlarini rasmiylashtirish tartiblari, kasaba uyushma qo‘mitasi xonasini jihozlash amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi I.Rajabova tashkilot faoliyati bo‘yicha taqdimot qilib, o‘z ish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Shahar kengashi raisi D.Aralova boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini bugungi kun talablari darajasida tashkil etish borasidagi vazifalar haqida batafsil to‘xtaldi. Shahar kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mita raislari uchun tayyorlangan uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish tartibini tushuntirdi. Tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyat bo‘yicha mas'ul tashkilotchisi R.Nosirova ma'ruzasida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida so‘z yuritildi.  

Ustav talablari asosida faoliyatini namunali tashkil etgan boshlang‘ich tashkilotlar ish tajribasini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan amaliy seminar kasaba uyushma faollari, ayniqsa, yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mita raislarining keyingi faoliyatida o‘z aksini topishi muqarrar.

Бухоро шахар  123- интернат 7 Бухоро шахар 123 - интернат5 Бухоро шахар 123- интернат 3 Бухоро шахар 123- интернат 4 Бухоро шахар 123- интернат 6 Бухоро шахар 123- интернат 8 Бухоро шахар 123- ММИ 2

 

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar