16/12/2015
“Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash borasidagi majburiyatlari” mavzuida o‘tkazilgan o‘quv-seminari

 

12015 yil 9 dekabr kuni Uzun tuman halq ta'limi muassasalarini faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi va Ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman kengashi tomonidan “Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilishni ta'minlash borasidagi majburiyatlari” mavzuida o‘quv-seminari o‘tkazildi. O‘quv seminarida halq ta'limi muassasalari rahbarlari, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilot raislari va tuman halq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi xodimlari qatnashdilar. O‘quv seminarida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri X.Norqulov, tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Davlat mehnat texnik inspektori Q.Komilovlar ishtirok etdilar.

Uzun tuman halq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi mudiri I.Xadjayev o‘z ma'ruzasida O‘zR MKning 211-moddasiga shuningdek, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 1993 yil 6 maydagi 839-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga muvofiq, xavfsizlik va gigena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratish ish beruvchining majburiyati hisoblanishi va u mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganligi uchun javobgar bo‘lishi to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi mehnatni muhofaza qilish bo‘limi mudiri X.Norqulov “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni tekshirish va hisobga olib borish” mavzuida ma'ruza qildi. Ma'ruzachi baxtsiz xodisalarnini tekshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir xodisaning barcha texnik va tashkiliy sabablarini aniqlash, bunday holatlar takrorlanishining oldini olish uchun ularni bartaraf etishning aniq chora-tadbirlarini belgilash va amalga oshirish, shuningdek, jabrlanuvchining ishlab chiqarishda salomatlikka zarar yetgan holatlar uchun qonunchilikda ko‘zda to‘tilgan ijtimoiy kafolatlardan foydalanish huquqini berish to‘g‘risida gapirdi.

Uzun tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Davlat mehnat texnik inspektori Q.Komilov “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni qayd etish N-1 dalolatnomasini rasmiylashtirish” mavzusida ma'ruza qildi. Q.Komilov so‘zida har safar baxtsiz xodisa yuz berganda ish beruvchi tashkilot bo‘yicha buyruq chiqarib, ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkilotining vakillaridan iborat komissiya tuzadi, komissiya uch kecha-kunduz mobaynida baxtsiz xodisani tekshirishi, guvohlar hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni aniqlash va so‘roq qilishi, imkoni bo‘lsa jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi va uch nusxada N-1 shaklda dalolatnoma tuzib, unda baxtsiz xodisa sabablarini bartaraf etish choralarini ko‘rsatishi va tasdiqlash uchun ish beruvchiga topshirishi kerakligi to‘g‘risida tushuncha berdi.

O‘quv seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

 


Yangiliklar

Izlash

 

So`ngi e`lonlar